«ijara narxlari» tegli maqolalar


Toshkentda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda — MHTI
22 aprel 2024, 13:06

Toshkentda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda — MHTI

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutiga ko‘ra, Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Mart oyida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxida fevralga nisbatan 0,61 foiz, to‘liq ta’mirlangan uy-joylar ijara narxida esa 0,76 foiz tushish kuzatildi.

Toshkentda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi kvadratiga 1140 dollarni tashkil etmoqda — ITIM
13 mart 2024, 16:00

Toshkentda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi kvadratiga 1140 dollarni tashkil etmoqda — ITIM

Toshkentda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi fevral oyida 1,6 foizga oshib, kvadratiga 1140 dollarni tashkil etdi. Poytaxtning uchta tumani — Mirobod, Yashnobod, Yakkasaroyda narxlar oshdi, Bektemir va Uchtepa tumanlarida esa pasaydi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhida.

Yanvarda Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uyning ijara narxi 395 dollarni tashkil etdi
16 fevral 2024, 11:37

Yanvarda Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uyning ijara narxi 395 dollarni tashkil etdi

MHTI tahliliga ko‘ra, yanvar oyida Toshkent shahrida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxlari pasaydi, to‘liq ta’mirlangan turkumdagi uy-joylarniki esa 0,5 foizga o‘sdi. O‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uylar ijarasi 395 dollarni tashkil etmoqda.

2023-yilda Toshkentda o‘rtacha ijara narxi 10,2 foizga pasaydi — ITIM
19 yanvar 2024, 18:01

2023-yilda Toshkentda o‘rtacha ijara narxi 10,2 foizga pasaydi — ITIM

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2023-yilda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida bitimlar hajmi oshgani, Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxi 10,2 foizga pasaygani, ikkilamchi uy-joylar narxi o‘sish tendensiyasini saqlab qolganini ma’lum qildi. Mamlakatda yil davomida 272,4 mingta uy-joy sotilgan.

Noyabrda poytaxtning 10 ta tumanida uy-joy ijarasi narxi pasaydi — ITIM
18 dekabr 2023, 12:56

Noyabrda poytaxtning 10 ta tumanida uy-joy ijarasi narxi pasaydi — ITIM

Noyabr oyida Toshkentda uy ijarasining o‘rtacha narxi 2,1 foizga pasayib, kvadrat metri uchun 9,3 dollarni tashkil etdi, deya ma’lum qildi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. Poytaxtning 10 ta tumanida ijara narxi tushgan, bunda eng arzon hududlar Sergeli va Bektemir bo‘lib turibdi.

So‘nggi bir yilda Toshkentda uy-joylarning o‘rtacha narxi 30,9 foizga oshdi — ITIM
16 avgust 2023, 17:36

So‘nggi bir yilda Toshkentda uy-joylarning o‘rtacha narxi 30,9 foizga oshdi — ITIM

Toshkentda 2022-yil iyul oyiga nisbatan uy-joylarning o‘rtacha narxi 30,9 foizga oshdi. Shuningdek, poytaxtda kvartiralarni ijaraga berish narxining pasayishi sezilarli darajada sekinlashdi. Avgust-sentabrda talabalarning poytaxtga qaytishi bilan talab oshishi va ushbu segmentga qiziqish ortishi aytilgan.

Mart oyida Toshkentda ijaraga beriladigan uy-joylar narxi pasaydi — ITIM
19 aprel 2023, 18:41

Mart oyida Toshkentda ijaraga beriladigan uy-joylar narxi pasaydi — ITIM

Mart oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faollik 7,3 foizga pasayib, oldi-sotdi bitimlari soni qariyb 21 mingtani tashkil etdi. Shuningdek, poytaxtning aksariyat tumanlarida ijaraga beriladigan uy-joylar narxi arzonlashdi — ITIM sharhidan.

Toshkentda xonadonlarning ijara narxi pasayishda davom etmoqda — PMTI
31 mart 2023, 09:35

Toshkentda xonadonlarning ijara narxi pasayishda davom etmoqda — PMTI

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining mart oyidagi o‘rganishlariga ko‘ra, Toshkent shahrida xonadonlar uchun ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. O‘rtacha narxlar fevraldagiga nisbatan 2% ga pasaygan va 2 xonali uy narxi 411 dollarni tashkil etgan.

2022-yilda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori qanday o‘zgardi — ITIM
26 yanvar 2023, 21:55

2022-yilda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori qanday o‘zgardi — ITIM

2022-yilda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozoridagi faollik 3,8 foizga oshdi. Ikkilamchi bozorda o‘rtacha narxlar yil davomida 16,5 foizga, Toshkent shahrida esa 24 foizga oshgan. Shu bilan birga, poytaxtda ijaraga beriladigan uy-joylar 34 foizga qimmatlashdi.

Talaba va ijara uyi: haqiqiy manzara, sarson-sargardonlik, ijarador talabi va tuganmas tashvishlar
13 oktabr 2022, 00:01

Talaba va ijara uyi: haqiqiy manzara, sarson-sargardonlik, ijarador talabi va tuganmas tashvishlar

Non shahri — poytaxtda nega talabaga boshpana topilishi qiyin? Nima uchun uy egalari ijarachi sifatida talabalarni tanlamaydi? E’lonlarda “Talabalar bezovta qilmasin, faqat oilaga beriladi” deb yozilishiga sabab nima? “Gazeta.uz” har ikki tomon bilan suhbatlashib, muammoga yechim topishga harakat qilib ko‘rdi.

Poytaxtda uy-joy ijarasi o‘rtacha 1 mln so‘m — DSQ
12 oktabr 2022, 14:30

Poytaxtda uy-joy ijarasi o‘rtacha 1 mln so‘m — DSQ

Davlat soliq qo‘mitasi statistikaga ko‘ra, 1 oktabr holatiga soliq organlarida 96 mingdan ortiq turar joy ijara shartnomasi ro‘yxatga olingan. Ma’lumotlar tahlili Toshkent shahrida uy-joy ijarasi o‘rtacha oylik 1 mln so‘mdan ko‘proqni tashkil qilishini ko‘rsatdi.

Mart oyida Toshkentdagi uy-joylarning ijara narxlari 15 foizga oshdi
19 aprel 2022, 17:54

Mart oyida Toshkentdagi uy-joylarning ijara narxlari 15 foizga oshdi

Rossiya OAVlari ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi bir yarim oyda O‘zbekistonga 5 mingdan ortiq rossiyaliklar tashrif buyurgan. Natijada fevral oyining oxiridan mart oyining o‘rtalariga qadar Toshkentda kvartira ijarasining o‘rtacha narxi 15 foizga oshgan. Respublikada so‘nggi uch oyda ijara haqi 0,9 foizga, ya’ni 2021 yilning mos davriga nisbatan ikki baravarga qimmatlashgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting